Özbekiston milliy olimpiya jamoasi boş murabbiyi Lyubinko Druloviç Hindiston termasiga qarşi keçgan Osiyo çempionati saralaş öyinidan keyin  (3:0) matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz muxbiri.

«Juda qiziqarli öyin böldi. Ikkinçi bölimda birinçisidan köra yaxşiroq öynadik. Uçta gol urganimizdan mamnunman. Hindiston ham yomon öynamadi, birinçi taymda ularda ikkita imkoniyat böldi. Raqibdan bunday yaxşi öyinni kutmagandik», – deya dastlabki fikrlarini bildirib ötdi Druloviç.

– Ikki hujumçi – Abduxoliqov va Mirahmadovdan asosiy tarkibda nega Mirjahonni tanladingiz?
- Bobur biz uçun juda muhim öyinçi, u örtoqlik öyinlarida juda yaxşi öynadi. Kiçik jarohati sabab bu öyindan oldin yetti kun maşğulot ötkazmadi. Uni himoya qilişimiz kerak edi. Hali oldinda yana bitta öyinimiz bor. Şu sababli u asosiy tarkibga kiritilmadi.

– Abdulla Abdullayev va Jasurbek Yaxşiboyev  ham boşlanğiç tarkibda yöq edi?
– Yaxşiboyev biz bilan maşğulotlarda köp qatnaşmadi, beş kun oldin «Paxtakor» safida maydonga tuşgandi. OKMK bilan örtoqlik öyinidagina uni sinab körişga muvaffaq böldik. Uni juda kuçli futbolçi deb hisoblayman, buni ikkinçi bölimda ham körsatdi.

– Oston Örunov va Islom Kenjaboyev raqibni aldayman deb, köp marta töpni oldirib qöyişdi. Oybek Rustamov esa pas uzatişda juda köp xatolarga yöl qöydi. Ularning öyini haqida qanaqa fikrdasiz?
– Bu normal holat, Oston – yoş futbolçi. U bilan köp gaplaşganmiz, ba'zida oddiyroq harakatlar bilan öynaşi kerak. Lekin u dribling qilişni yaxşi köradi. Yoş futbolçi uçun bu normal holat. Oybek esa, fikrimça, taktik jihatdan juda yaxşi öyinçi. Yarimhimoyada barça çiziqlarni yopadi. Bugun ham juda yaxşi öynadi. Ba'zida töpni oldirib qöydi, lekin bu futbolda normal holat.

– Hojiakbar Alijonov ham, Jasur Yaxşiboyev ham yiğinlarda umuman iştirok etmay, beş kungina oldin tarkibga qöşilişdi. Ularning «Paxtakor»dagi muvaffaqiyatli öyinlariga qarab maydonga tuşirgan bölarmidingiz?
– Töğri, ular beş kun oldin tarkibga qöşilişdi. Alijonov «Paxtakor»da juda yaxşi öynayapti, ammo Turkiyadagi yiğinda himoyamiz ustida işlaganmiz. Hojiakbar himoyada yaxşi harakat qiladi. Himoya çiziğida raqobat bor ekan, bu borada men qaror qabul qilişim kerak. Alijonovni yaxşi öyinçi deb hisoblayman.