Ertaga, 24 mart kuni Toşkentda Navröz bayrami munosabati bilan International Navruz Half Marathon xalqaro yarimmarafoni ötkazilişi tufayli bir qator köçalarda harakat çeklanadi.
Yarimmarafon soat 9:00da boşlanadi va markaziy köçalar böylab bölib ötadi, bu esa öz navbatida poytaxtning asosiy diqqatga sazovor joylarini körişga imkon yaratadi. Start va finiş Afrosiyob hamda Beşyoğoç köçalari kesişmasida joylaşadi.
Toşkent şahar IIBB ma'lumotiga köra, marafon davomida iştirokçilar xavfsizligini ta'minlaş maqsadida soat 9:00dan 13:00gaça quyidagi köçalar avtoharakat uçun vaqtiçalik berkitiladi:
- Afrosiyob köçasi – Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasidan Oybek köçasigaça;
- Oybek köçasi – Afrosiyob köçasidan Nukus köçasigaça;
- Nukus köçasi – Oybek köçasidan Qodiriy köçasigaça;
- Qodiriy köçasi – Nukus köçasidan Mustaqillik köçasigaça;
- Mustaqillik köçasi Mirzo-Uluğbek köçasigaça;
- Mirzo-Uluğbek köçasi Maxtumquli köçasigaça;
- Maxtumquli köçasi –Mirzo Uluğbek köçasidan Amir Temur xiyobonidagi aylanma yölgaça;
- Amir Temur xiyobonidagi aylanma yöl – Maxtumquli köçasidan Amir Temur köçasigaça;
- Amir Temur köçasi – Amir Temur xiyobonidagi aylanma yöldan Islom Karimov köçasigaça;
- Islom Karimov köçasi – Amir Temur köçasidan Şarof Raşidov köçasigaça;
- Şarof Raşidov köçasi – Afrosiyob köçasidan Navoiy va Qodiriy köçalari kesişmasigaça;
- Navoiy köçasi – Şarof Raşidov köçasidan Olmazor köçasigaça;
- Qodiriy köçasi – Şarof Raşidov köçasidan Olmazor köçasigaça;
- Olmazor köçasi – Qodiriy köçasidan Afrosiyob köçasigaça (marafon boşlangan joyida tugaydi).











