Ispaniya politsiyasi Barselonada ikki bankka hujum qilgan va Madridda şunday öğrilikni rejalaştirgan ikki keksa erkakni qölga oldi.
Ta'kidlanişiça, qölga olingan öğrilar 73 va 80 yoşda bölgan.
Öğriliklar bir xil reja böyiça 2 oy farq bilan amalga oşirilgan – erkaklar yoruğlik akslantiruvçi kiyimda bank bölimlariga bostirib kirib, bank xodimlariga qurol bilan tahdid qilib, ulardan seyflardagi pullarni berişni talab qilişgan. Söngra bank xodimlari va mijozlarning qöllarini boğlab, voqea joyidan jamoat transportida jönab qolişgan. Ular birinçi öğrilikda 32 ming yevro, ikkinçisida 45 ming yevro qölga kiritişga muvaffaq bölişgan.
“Qaroqçi çollar” şunday öğrilikni Madridda ham amalga oşirişmoqçi bölişgan-da, hibsga olinganlar. Erkaklarni uşlaş böyiça Vendrel munitsipalitetida operatsiya ötkazilgan. Jinoyatçilarning birining uyida marixuana plantatsiyasi aniqlangan. Bu plantatsiya yana boşqa bir erkakka tegişli bölgan, u ham hibsga olingan.
Ikkinçi öğri Madridda uşlangan. Şuningdek, navbatdagi öğrilikni amalga oşirişga aloqador bölgan yana bir kişi qölga olingan.
Qölga olingan jinoyatçilar Janubiy Amerika davlatlarining biridan bölib, Italiyada amalga oşirgan bir qator jinoyatlari uçun qidiruvda bölganlar. Ispaniyadagi operatsiya milliy politsiya va Kataloniya politsiyasi xodimlari hamda italiyalik karabinerlar iştirokida ötgan.












