Turkiyalik taniqli aktyor Kaan Urganjiöğli «Baron-2» filmini suratga oliş jarayonida qatnaşiş uçun Özbekistonga keldi. Kun.uz muxbiri aktyor bilan uning filmda gavdalantirayotgan obrazi, «Baron-2» loyihasi va Özbekiston-Turkiya örtasidagi munosabatlar töğrisida suhbatlaşdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan treylerdagi Kaan Urganjiöğli qatnaşgan epizodlar tomoşabinlar tomonidan katta qiziqişga sabab böldi.

Kun.uz muxbiri turkiyalik aktyordan uning «Baron-2» filmidagi obrazi haqida ma'lumot berişini söradi.

«Topşirilgan rol menga ma'qul keldi. Ehson obrazini ijro etayapman. Asli çeçen bölgan Ehsonning hikoyasi Suriyada keçadi. Suriya bilan boğliq sahnalarda u körinadi. Ukasi Suriyadagi janglarga ketganidan keyin Ehson ham uning ortidan Suriyaga boradi. Uning maqsadlari esa umuman boşqaça böladi. Filmdan körib olasiz, sirni butkul oçişni istamayman» deya javob bergan Kaan Urganjiöğli.

Ma'lumot uçun, «Baron-2» filmi Kaan Urganjiöğli iştirokidagi ilk xorijiy film loyihasi bölib, bungaça u Amazon Prime'ning «Jyek Rayan» serialida suratga tuşgan.

Turkiyalik aktyor Kaan Urganjiöğli bilan suhbatning töliq şaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube