“Baron-2” filmining ilk treyleri tomoşabinlarga taqdim etildi. Bu haqda Kun.uz’ga film rejissyori Rustam Sa'diyev ma'lum qildi.
Rejissyorning aytişiça, özbek kinosida birinçi marta filmdagi rollarning 85 foizini xorijlik aktyorlar ijro etgan. Filmda Rossiya. Qozoğiston, Tojikiston, Suriya, Misr davlatlaridan hamda özbekistonlik taniqli aktrisalar Dilnoza Kubayeva, Şahzoda Matçonova, Yulduz Rajabovalar iştirok etgan.
Eslatib ötamiz, Rustam Sa'diyevning “Baron” filmida Hollivudning maşhur aktyori Ğasson Ma'sud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluçniy va Rossiyada xizmat körsatgan artist Farhod Mahmudov qatnaşgan.
Filmning asosiy ğoyasi bugungi kunda dunyodagi dolzarb muammolardan biri bölgan narkotrafikka qarşi kuraş haqida.












