Turkiyalik taniqli aktyor Kaan Urganjiöğli «Baron-2» filmini suratga oliş jarayonida qatnaşiş uçun Özbekistonga keldi.
Kun.uz muxbiri aktyor bilan uning filmda gavdalantirayotgan obrazi, «Baron-2» loyihasi va Özbekiston-Turkiya örtasidagi munosabatlar töğrisida suhbatlaşdi.
«Rustam xöja (aka) öz işini juda yaxşi uddalar ekan. Özbekistonda ham tan olingan, hurmat qilingan rejissyorlardan. Professional yondaşuv bor. Sahnalarning haqqoniy va hayotga yaqin çiqişi uçun ssenariyni ham qayta örganib, uni yanada tabiiylaştirişga harakat qiladi. Yaxşi natija çiqişi uçun, menimça, bu ajoyib usul va menga juda ma'qul.
Özbek aktyorlariga kelsak, ularning bari bir-biridan mahoratli, professional, vazifasini a'lo darajada uddalaşadi. In Şaa Alloh, bu özining natijasini körsatadi, xalqaro hamkorlik kelajakda ham samarali böladi degan umiddaman.
Turli madaniyat vakillari bilan işlaş, tajriba almaşiş men uçun ham tajriba maydoni bölib xizmat qiladi», deya özbek kinoijodkorlari töğrisida öz fikrlarini bildirib ötgan turkiyalik taniqli aktyor.
Şuningdek, suhbatda Kaan Urganjiöğli Özbekiston tarixiga ham befarq emasligini, kelajakda hamkorlikdagi boşqa kinoloyihalarda ham rol ijro etişi mumkinligini yaşirmagan.
Turkiyalik aktyor Kaan Urganjiöğli bilan suhbatning töliq şaklini Kun.uz'ning YouTube va Mover sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube












