Toşkent şahar IIBB saytida korrupsiya muammosi haqida maqola e'lon qilindi.

“Poraxörlik muammosi haqida fikr yuritişar ekan, odamlar köpinça özlari bilib-bilmay uning rivojiga “hissa” qöşayotganlarini anglab yetmaydilar. Ba'zan bu “yebtöymas maxluq” balosidan ikki-uçta işdan böşatişlar bilan qutuliş mumkindek tuyuladi. Lekin minglab odamlar – oddiy uy bekalaridan tortib firmalar xodimlari, avtomobil haydovçilari, boşqa önlab kasb egalari öz qöllari bilan boqib turgan bu ofat balosini yuzlab poraxörni vazifasidan çetlatiş bilan ham bartaraf etiş mumkin emasligini anglab yetmaydilar...”, deb boşlanadi maqola.

Qayd etilişiça, bir paytlar Özbekiston va boşqa şarq xalqlari turmuş madaniyatiga daxldor bölgan, yaxşi xuşxabar eşitganda – farzand yoki nabira körganligi, töy xabarini keltirgan kişiga römolça, belboğ sovğa qiliş, ya'ni “suyunçi” beriş gözal an'ana hisoblangan.

“Bugungi kunda esa bu ajoyib odatning körinişi, “turqi” buzilgan. Endi deyarli har bir kişi uni işga qabul qilayotgan idora rahbari yoki hujjatini rasmiylaştirayotgan xodimni oldindan “rozi qiliş”ga intiladi. Buni zimmasidagi “majburiyat” sifatida qaraşga örganib qolgan. Agar bunga imkoniyati yöl bermasa u öziga “nomunosib iş”ni berişlaridan çöçib turadi. Agar şunday holat yuz bergan taqdirda ham biror joyga şikoyat qilişga özini nohaq, deb biladi. Töğri, bunday holatlar yuzasidan şikoyatlar tuşib turadi. Ularning aksariyati töğri, deb topiladi ham. Çunki ilgari imkoniyati borlardan “rağbatlantirilgan” xodimlar endi har bir körsatgan yordami, xizmati uçun nimadir ta'ma qilişga odatlanib qolgan böladi”, deya davom ettiriladi maqola.

Unda yozilişiça, şunday hollar ham uçraydiki, ba'zan odamlar bunday “suyunçi”larni xodimlarning qarşiligiga qaramay ularga tiqiştirişga intilişadi. Yana bunday işlarini “agar olmasangiz xafa bölaman”, “buni çin köngildan berayapman” degan sözlar bilan oqlaydilar ham. Ba'zan bu gaplardan keyin “mukofotni” olmasdan iloji qolmaydi.

“Bunga yorqin misol yaqinda Özbekistondagi ommaviy telegram-kanallardan birida körsatildi. Namoyiş etilgan videoda adaşib qolgan bolasini topgan baxtli ota bunga kömaklaşgan içki işlar bölimi xodimlariga “suyunçi” berişga intilayotgani körinib turibdi. Bu ota içki işlar xodimlarining qarşiligiga qaramay, “suyunçini” taşlab, taşqariga otilib çiqmoqda. Ehtimol u özining militsiya xodimlaridan naqadar minnatdor ekanligini izhor qilmoqçi bölgandir, ammo beixtiyor keyinçalik uning mavjudligidan şikoyat qilişga majbur böladigan muammoning vujudga kelişiga kömaklaşganini öylab ham körmadi. Keyinçalik uşbu voqea xususida döstlariga sözlab berganida, “albatta, men ularni quruq qöymadim, şu sababli sidqidildan intilişdi” deb ham qöşimça qilişi ehtimoldan yiroq emas. Bu bilan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy kömaklaşiş markazi xodimining bolani topişga sarflangan beminnat xizmati, uni izlagan va markazga keltirgan boşqa kişilarning beğaraz yordamiga nohaq soya solindi”, ta'kidlanadi maqolada.