Aholining turli qatlamlari bilan töğridan-töğri muloqotni kengaytiriş, mavjud dolzarb muammolarni aniqlaş, ularni bevosita joyida bartaraf etiş yuzasidan aniq va tezkor çoralar köriş maqsadida joriy yilning 1 mayga qadar viloyat sektorlari rahbarlarining hududlarda şaxsiy sayyor qabullar ötkazişadi.

Sektor rahbarining ommaviy sayyor qabulida boşqa sektorlar rahbarlari örinbosarlari hamda tegişli taşkilot va muassasalar rahbarlari iştirok etadi.

Avvalroq Toşkent şahri va Toşkent viloyati sektor rahbarlarining şaxsiy sayyor qabullari jadvalini e'lon qilgan edik.

Farğona, Namangan va Andijon viloyatlari sektor rahbarlari sayyor qabullari grafigi bilan tanişiş uçun uşbu havolaga öting

Quyida Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari sektor rahbarlarining şaxsiy sayyor qabullari jadvali keltirilgan.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va viloyatdagi barça sektorlar, taşkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan 26 mart kuni soat 09:00 dan boşlab Urgut tumani aholisi uçun Urgut iqtisodiyot kolleji binosida, 27 mart kuni soat 10:00 dan boşlab Kattaqörğon tumani aholisi uçun Payşanba şaharçasi, Alişer Navoiy köçasi, 4-uyda joylaşgan Bolalar va ösmirlar sport maktabi binosida hamda 30 mart kuni soat 10:00dan boşlab qöşrabotliklar uçun «Qöralos» mahallasida joylaşgan Bolalar va ösmirlar sport maktabi binosida sayyor qabullar ötkaziladi.