Özbekiston davlat aktivlarini boşqariş agentligi va Turkiyaning Endüstriyel Elektrik Elektronik San. ve Tic. Ltd. Şti. kompaniyasi örtasida Vip Solar Endustriyel Uz qöşma korxonasini taşkil etiş böyiça kelişuv imzolandi. Bu haqda Özbekiston prezidentining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylaştirilgan qarori loyihasida aytilmoqda.
Hujjatda qayd etilişiça, mazkur qöşma korxonada 200 MVt quvvatga ega zamonaviy quyoş panellari işlab çiqariladi.
Qöşma korxonaning ustav kapitali 30 million dollarni taşkil qiladi.
Bundan taşqari, 2021—2023 yillar mobaynida korxona yordamçi asbob-uskuna, jumladan, invertor, kollektor va boşqa turdagi energiya tejovçi asbob-uskuna va texnologiyalar işlab çiqaradi.
Korxona qurilişi uçun Urganç tumanidan 6 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qaror loyihasida aytilişiça, qöşma korxona 2022 yilning 1 yanvarigaça bir qator bojxona tölovlaridan ozod qilinadi.













