Yevropada qit'a chempionatiga saralashning ikkinchi turiga start berildi.
Kunning markaziy o‘yini «Amsterdam Arena»da Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Birinchi bo‘limda Sane va Gnabrining gollari nemislarning 2:0 hisobida oldinga chiqib olishini ta'minlangandi, ammo tanaffusdan maydon egalari de Ligt va Depayning gollari evaziga muvozanatni tiklashdi. Shunday bo‘lsa-da, 90-daqiqada Marko Roysning pasidan keyin Niko Shuls darvozani ishg‘ol etib, Germaniya terma jamoasiga saralashdagi ilk ochkolarni keltirdi.
«S» guruhining ikkinchi juftligida Shimoliy Irlandiya Belarusni yengib (2:1), 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanib oldi. Birinchi turda irlandlar Estoniyani (2:0), hollandlar esa Belarusni (4:0) mag‘lub etishgandi.
Boshqa guruhlarda Xorvatiya Vengriyadan, Avstriya Isroildan mag‘lubiyat bilan qaytdi. Polsha va Belgiya terma jamoalari mos ravishda Latviya va Kiprni 2:0 hisobida yengib, 6 ochko bilan o‘z guruhlarida yetakchiga aylandilar.
Yevro-2020 saralashi. 2-tur
«C» guruhi
Niderlandiya – Germaniya 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 15 Sane, 0:2 – 34 Gnabri, 1:2 – 48 de Ligt, 2:2 – 63 Depay, 2:3 – 90 Shuls.
Gollandiya – Sillessen, Blind, Dumfris, van Deyk, de Ligt, Depay, de Yong, Promes, Veynaldum, Babel (Bergveyn, 46), de Ron (de Yong, 90)
Germaniya – Noyyer, Kerer, Kimmix, Zyule, Shuls, Sane, Kroos, Ginter, Gnabri (Roys, 88), Ryudiger, Goretska (Gyundogan, 70).
Shimoliy Irlandiya – Belarus 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Evans, 1:1 – 33 Stasevich, 2:1 – 87 Majyennis.

«E» guruhi
Uels – Slovakiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 5 Jyeyms.
Vengriya – Xorvatiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Rebich, 1:1 – 34 Salai, 2:1 – 76 Patkai.
Xorvatiya – Kalinich, Barishich (Leovats, 30), Yedvay (Petkovich, 77), Lovren, Vida, Modrich, Perishich, Brozovich, Rakitich, Rebich (Brekalo, 67), Kramarich.




















