Professional boksning super oğir (+90,7 kg) vazn toifasidagi ringga kötarilayotgan özbekistonlik sportçi Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) aprel oyida navbatdagi jangini ötkazadi.

«10 aprel kuni keyingi jangimni ötkazişni reja qilganmiz. Hozirça promouterlarim jang bölib ötadigan manzil va raqib böyiça muzokaralar olib borişmoqda. Imkon qadar reytingi baland boksçiga qarşi jang qilmoqçiman», deya Jalolovning sözlarini keltirgan GoSport.uz.

10 aprel kuni Nyu-Yorkdagi «Sony Hall» saroyida bölib ötadigan boks keçasida professional boksning super yarim örta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan yana bir özbekistonlik boksçi Xurşidbek Normatov (7-0, 3 KO) ham navbatdagi jangini ötkazadi. 

Normatov 6 raundlik jangda iştirok etsa, Bahodir Jalolov 8 raundlik jang ötkazişni rejalaştirgan. Hozirça ikkala boksçining ham raqiblari ma'lum emas.

Eslatib ötamiz, Jalolov sönggi marta 15 mart kuni (Toşkent vaqti bilan 16 mart) Kaliforniyada Villi Harveyga (3-2-1, 3 KO) qarşi ringga çiqib, 2 raundda texnik nokaut evaziga ğalaba qozongandi. Normatov sönggi marta 2018 yilning 21 iyul kuni amerikalik Aleks Gaytanga (5-2, 2 KO) qarşi ringga çiqib, raqibini 6-raundda nokautga uçratgandi.