Professional boksning super oğir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan özbekistonlik Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi beşinçi jangini ötkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, AQŞning Kaliforniya ştatida keçgan bahsda vakilimiz öz ustunligini namoyiş qilib, yakunda ham çiroyli ğalabani tantana qildi.
Amerikalik Uilli Harviga qarşi ringga kötarilgan Bahodir jang töliq yakuniga yetmasdan raqibini nokautga uçratdi. Ta'kidlaş joiz, jang sanasiga bir neça kun qolganda raqib özgargan edi. Biroq bu holat Jalolovga xalaqit bermagan.
Şu tariqa özbekistonlik boksçi özining beşinçi jangini ham muddatidan avval yakunlab, super oğir vazn toifasining reytingida yanada yuqori poğonaga kötariladigan böldi.
Eslatib ötamiz, Bahodir Jalolov sönggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarşi ringga çiqib, raqibini birinçi raunddayoq nokautga uçratgandi.












