Fransiyalik taniqli ekstremal Alen Rober Total kompaniyasining 187 metrlik osmonöpar binosi devori böylab yuqoriga kötarildi. La Voix du Nord naşrining xabar berişiça, Rober Fransiyada pensiya tizimi islohotiga qarşi ötkazilayotgan umummilliy iş taşlaş iştirokçilarini şu tariqa qöllab-quvvatlaşga qaror qilgan.

“Odamlar şundoq ham hayotining 40 yilini köpinça ularga yoqimsiz bölgan iş ortida ötkazişadi. Biz munosib yaşaşni istaymiz”, deb aytgan ekstremal binoga kötarilişi oldidan. U bino yuqorisiga 52 daqiqada kötarilgan.

“57 yoşimda men texnik jihatdan pensiyadan unça yiroqmasman. Mening yagona daromad manbaim – bu alpinizm. Men 64 yoşimda ham bu iş bilan şuğullanişim kerakmi? Yoki 67 yoşda? Odamlarni kamroq oliş uçun köproq işlaşga majburlaşni bas qiliş lozim. Islohot esa aynan şunga qaratilgan. Ba'zi kasblar boşqalariga nisbatan murakkabroqdir va şuni hisobga oliş lozim”, deb qöşimça qilgan Rober.  

“Örgimçak-odam” laqabi bilan ma'lum bölgan fransuz uşbu binoni 8 marta zabt etmoqda. Birinçi marta u binoga 1999 yilda kötarilgan. “Juda sovuq böldi, men kötarilişimning söngida barmoqlarimni his qilmadim. Men 20 yil avvalgidek baquvvat emasman”, deb aytgan jurnalistlarga Rober politsiya tomonidan uşlangandan söng.  

Rober osmonöpar binolarga kötariliş bilan 1994 yildan beri şuğullanadi. U bu vaqt içida turli obektlarga 130 martadan köproq kötarilişlarni amalga oşirgan. Bu obektlar içida eng balandi Dubaydagi 828 metrlik “Burj-Halifa” hisoblanadi. 

Fransiyada pensiya islohoti doirasida pensiya yoşini 62 yoşdan 64 yoşgaça oşiriş taklif qilinmoqda. Bu esa aholi tomonidan noroziliklarga sabab bölmoqda. Hukumat uşbu bandning islohotdan vaqtinçalik istisno qilişga tayyorligini bildirgan, biroq namoyişçilar jiddiy yon bosişlarni talab qilişmoqda.