Fristayl böyiça olimpiya çempioni Lina Çeryazova uzoq davom etgan xastalikdan söng, 51 yoşida Novosibirskda vafot etdi. Bu haqda Novosibirsk şahri meriyasining Jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi ma'lum qildi.

Lina Anatolevna 1968 yilda Toşkentda tuğilgan. 1994 yili Norvegiyaning Lillehammer şahrida ötgan qişki Olimpiadada çempionlikka erişgan. Uning bu medali qişki olimpiya öyinlarida özbekistonlik sportçilar tomonidan qölga kiritilgan birinçi va yagona oltin medal hisoblanadi. Qolaversa, Lina akrobatikadagi fristayl böyiça birinçi olimpiada çempioni hamdir.

Çeryazova sportda köplab yorqin natijalarga erişdi. 1992-1994 yillar davomida Jahon kubogining 18ta bosqiçidan 13tasida ğalaba qozondi. 1994 yili Olimpiada çempioni bölgaç, öşa yili - 25 yoşida oğir jarohatga yöliqdi. Öşanda u hayoti uçun xavfli darajada boşidan şikastlangan, ammo bu jarohatidan keyin nafaqat soğayib ketgan, balki katta sportga ham qaytgandi. 1998 yili saralaşdan ötib, Naganodagi qişki Olimpiadada 13-örinni oldi. Şundan söng sportdagi karerasini yakunlab, doimiy yaşaş uçun onasi tuğilgan Novosibirskka köçib ötgandi.

Lina Çeryazova Özbekistonda xizmat körsatgan sportçi, «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibasi edi. U Rossiya Federatsiyasining Olimpiada çempionlariga beriladigan bir umrlik pensiyasini oluvçi rossiyalik bölmagan yagona sportçi hisoblanardi.

Marhuma 27 mart kuni Kleşixinsk qabristonida dafn etiladi.