Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Yevro-2020 saralaşi doirasida Serbiya bilan qayd etilgan durang natijadan keyin fikrlarini bildirib ötdi.

«Menimça, jamoamiz yaxşi öynadi. Gol uriş uçun köp vaziyatlar böldi, lekin ulardan foydalana olmadik. Albatta, öz uyimizdagi ikkita öyinda durang qayd etganimizdan afsusdamiz, biroq men ijobiy jihatlarga e'tibor qaratişni istardim. Öylaşimça, Ukraina bilan öyindagiga qaraganda yaxşiroq öynadik.

Köproq vaziyatlar yaratdik va ğalaba uçun kerakli barça işni qildik, lekin ğolib çiqa olmadik. Hakam ularning darvozasi tomon yaqqol penaltini belgilamadi. Axir hamma musobaqalarda VAR bor, nega Yevropa çempionati saralaşida bu tizimdan foydalanilmayapti? Ğalati. Bizga penalti berişmadi, vaholanki bu oçiq-oydin körinib turgandi. Hakam voqea joyidan 40 metr uzoqda turgan va heç narsani körmagan yordamçilari bilan maslahatlaşişi emas, penaltini berişi kerak edi», – degan Ronalduning sözlarini keltirdi Goal.

Eslatib ötamiz, Kriştianu Lissabondagi bu bahsning birinçi bölimi örtalarida jarohat olib, maydonni tark etdi. Portugaliyaliklar ötgan haftada birinçi tur doirasida Ukrainani qabul qilib, golsiz durangga rozi bölişgandi.