25 mart kuni British Airways aviakompaniyasining samolyoti Germaniya örniga Şotlandiyaga parvozni amalga oşirdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, gap British Airways kompaniyasining havo kemasi haqida ketyapti. Uning yölovçilari Dyusseldorfga parvoz qilişayotganiga amin bölişgan. Biroq, qöniş jarayonidan söng, uçuvçi layner Edinburgga yetib kelgani töğrisida e'lon qilgan.

Reys samolyotni British Airways bilan lizing şartnomasi asosida boşqargan Germaniyaning WDL kompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan. Hodisa uçuvçilar va London aeroportidagi dispetçerlik xizmatiga notöğri parvoz rejasi berilgani sabab yuz bergan — xato yuz berganini samolyot Şotlandiyaga qönib bölganidan sönggina anglab yetişgan.

Samolyot ekipaji yölovçilardan kimlar Dyusseldorfga uçişni istasa, qöllarini kötarişni söraşgan. «Barça qöl kötardi», – deya hikoya qiladi 24 yoşli yölovçi Sofi Kuk. 

Edinburg Dyusseldorfdan 844 kilometr masofada joylaşgan. Samolyot Edinburg aeroportida ikki soat turib, söng Dyusseldorfga uçib ketgan va bu yerga mahalliy vaqt bilan soat 13:00da qöngan, holbuki u bu yerga soat 08:40da yetib kelişi kerak bölgan.

British Airways kompaniyasidagilar yölovçilarning har biri bilan boğlanib, ularning safari keçikkani uçun uzr söragan.

Bundan oldin, Boeing milliardlab dollarlik şartnomadan mahrum bölgandi.