Boeing kompaniyasi Afrikada qulagan layner tufayli Indoneziyaning Garuda Indonesia milliy aviakompaniyasi bilan şartnomadan mahrum böldi. Bu haqda Agence France-Presse xabar qilmoqda.
Gap 49ta Boeing 737 Max modelidagi samolyotlarni yetkazib beriş haqida ketmoqda. Xarid qiymati bir neça önlab milliard dollarni taşkil etişi kerak edi. Uşbu kelişuv yölovçilarning xavotirga tuşişi tufayli bekor qilindi.
«Biz Boeinğga buyurtmani bekor qiliş haqida xat yubordik. Garuda yölovçilari işonçni yöqotdi va Boeing 737 MAX’da parvoz qilişni istaşmayapti», - deya xabar berdi aviakompaniya vakili.
Taşuvçi Afrikada layner qulaganidan söng, Boeing bilan şartnomani ilk bora töliq töxtatdi.
Sönggi yarim yil içida dunyoda Boeing 737 MAX iştirokida ikkita aviahalokat qayd etildi, ular oqibatida 346 kişi halok böldi. Sönggi fojia 10 mart kuni Efiopiyada yuz berdi. Samolyot Addis-Abeba aeroportidan parvozga kötarilganidan olti daqiqa ötib quladi. Bortda bölgan barça 157 kişi hayotdan köz yumdi. Aviahalokat qurbonlari orasida 33ta mamlakat fuqarolari bor.
Şundan söng, butun dunyo böylab taxminan 30ta aviakompaniya Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanişni töxtatdi. Yevroittifoq va AQŞ ularning parvozi uçun öz havo hududini yopib qöydi.
Boeing 737 MAX - Boeing 737 samolyotlarining törtinçi, eng yangi avlodi. Uşbu seriyadagi samolyotlardan foydalaniş 2017 yilda boşlangan. 737 MAX 8 varianti Boeing tarixidagi eng köp sotiluvçi layner sanaladi.
Bundan oldin, Xitoy Boeing 737’ni AQŞ bilan savdo bitimidan çiqarib taşlamoqçi ekani xabar qilingandi.













