AQŞ Mehnat departamenti Özbekistonda yetiştirilgan paxtani majburiy yoki bolalar mehnati vositasida yetiştirilgan mahsulotlar «qora röyxati»dan çiqardi. 

Ötgan yil yozida boşlangan tekşiruv natijasida mamlakat hududidagi paxta dalalarida bolalar zörlab işlatilmayapti, deb topilgan. Mehnat departamenti Özbekistonni röyxatdan çiqariş böyiça ilk taklifni 2018 yil 31 iyulda kiritgan edi.

Vazirlik bu borada Özbekiston hukumati, inson huquqlari taşkilotlari, Vaşingtonda asoslangan «Paxta kampaniyasi» xalqaro koalitsiyasi bergan hisobotlarni örganib çiqqan.

«AQŞ hukumati departamentlari mavjud ma'lumotlar va yetib kelayotgan axborotlarni batafsil örganib çiqib, Özbekistondagi paxta hosilini yetiştirişda bolalarning majburiy mehnatidan foydalaniş sezilarli darajada kamayganiga va bolalar mehnati faqat ayrim holatlarda kuzatilgan, degan xulosaga keldi. Şuning uçun endi bu mahsulot EO röyxatida qolişi uçun asos yöq», — deyiladi AQŞ Mehnat departamenti bayonotida.

Bu qarorning ahamiyati şundaki, Amerikaning biror kompaniyasi yoki taşkiloti majburiy yoki bolalar mehnati evaziga yetiştirilgan mahsulot bilan işlay olmaydi. 1999 yilda joriy etilgan tartibga binoan, bolalar mehnati kuzatiladigan davlatlar bilan aloqa çeklanişi kerak.

Özbekiston paxtasini «qora röyxat»dan çiqariş respublika bilan hamkorlikni osonlaştiradi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston paxtasi 2010 yilda №13126 ijro raqamli röyxatga qöşilgan bölib, unga köra, AQŞ federal agentliklari Özbekistonda majburiy mehnat yoki bolalar mehnatidan foydalanilgan holda yetiştirilgan, qazib olingan, işlab çiqilgan mollar, mahsulotlar va xomaşyolarni xarid qilişi taqiqlanardi.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning fevralida dunyodagi maşhur 310 brendni birlaştirgan Cotton Campaign Özbekiston hukumati rasmiylari bilan uçraşgan, 2018 yilda Özbekiston paxta dalalarida mehnatga majburlaş holatlari keskin kamayganini e'tirof etgan holda, töliq va batamom barham berilmaganini bildirgan, hukumat majburiy mehnatni tugatiş borasida sezilarli işlar qilgan bölsa-da, uni tugatolmagani uçun özbek paxtasiga bölgan boykotni öz kuçida qoldirgandi.