Prezident Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Arab Amirliklariga taşrifi şarafiga dunyoning eng baland binosi hisoblangan Dubaydagi Burj Al-Xalifa hamda boşqa diqqatga sazovor obektlar Özbekiston bayroği ranglariga burkandi. Davlat rahbari matbuot xizmati Özbekiston bayroği "libosi"dagi Burj Al-Xalifaning tasviri bilan bölişdi.

Ta'kidlaş joizki, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BAAga rasmiy taşrifi doirasida Dubay şahrida Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan muzokara ötkazdi. Köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş masalalari “Zaabil” saroyida bölib ötgan uçraşuvning asosiy mavzusi böldi. Dubay amiri öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga çiqqan Özbekiston bilan köp qirrali aloqalarni mustahkamlaşdan manfaatdorligini bildirdi.

Özbekiston prezidentining BAAga taşrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bölgan kelişuvlarga erişildi.

Şunisi diqqatga sazovorki, BAA vitse-prezidenti, boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum Tvitterda özbek tilida tvit yozdi.

“Biz Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklariga davlat taşrifi bilan kelganidan juda ham mamnunmiz. Uşbu taşrif ikki davlatimiz örtasidagi aloqalarda yangi sahifani oçib beradi”, - deyiladi tvitda.