Özbekiston U23 hamda Tojikiston U23 jamoalari örtasidagi öyindan söng har ikki jamoaning boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Anjumanning ikkinçi qismida Özbekiston U23 boş murabbiyi Lyubinko Druloviç savollarga javob berdi. Unda qatnaşgan Tribuna.uz muxbiri murabbiyning sözlarini yozib oldi.
«Xayrli keç. Biz butun öyin davomida ustunlik qildik, lekin gol ura olmaganimiz çakki böldi. Birinçi bölimda uçta yaxşi imkoniyatdan foydalana olmadik. Osiyo Çempionatiga yöllanmani qölga kiritganimiz eng asosiysi.
Saralaşda yorqin öyin körsatmadik? Keçirasiz, biz ikki oy mana şu natija, mana şu öyinlar uçun tayyorlandik. Şogirdlarim zör öyin körsatişdi. Töp nazorati, maydondagi barça harakatlar menga ma'qul böldi. Biz guruhdagi eng yaxşi jamoa edik va buni isbotladik. Bir söz bilan aytganda şogirdlarim fantastik öyin körsatişdi. Töğri, bugun ötgan öyindagi kabi uçta gol ura olmadik, çunki bosim katta edi. Axir bugun yöllanma taqdiri hal böldi.
Bobur Abduxoliqovning jarohati bor edi, şu sabab uni asosiy tarkibda tuşirmadik. Futbolçilarimning klubda tajriba orttirişi muhim. Ular şu bilan ikki oy klublariga ketişadi va u yigitlar yerda ham öz örinlarini topişi muhim. Keyingi yiğinlarimiz imkon boriça faqat FIFA kunlarida ötkaziladi.
Biz örtoqlik öyinlarida kuçliroq jamoalarga qarşi öynaşga harakat qilamiz. Yevropa jamoalari yoki Osiyoning kuçli jamoalari bilan. Markazda yaxşi öynay olmayapmiz? Yarim himoyamizda yaxşi futbolçilar yiğilgan. Abdullayev, Oybek. Abror ham bor. Qaysidir çiziqning kuçsiz körinişi normal holat. Yarim himoyamiz kuçsiz deb ayta olmayman»,- deydi Druloviç.













