Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qişloq joylarda agroturizm sohasini jadal rivojlantiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi. 

Hujjatga köra, Surxondaryo viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining tajriba tariqasida fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi korxonalarining faoliyatini kengaytiriş va diversifikatsiya qiliş, qişloq xöjaligi mahsulotlari, şu jumladan, şarob mahsulotlari, quritilgan mevalar, şirinliklar va boşqalarni joyida tatib körişni taşkil qiliş yöli bilan ular hududida yagona tuzilmaga biriktirilgan agro-etno-qişloq şaklidagi model uyuşma barpo etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilgan holda qişloq turistik klasteri faoliyati samarali yölga qöyilişini ta'minlaydi.

Bunda baxşiçilik san'ati, kaştadözlik, an'anaviy mahalliy raqs va milliy çolğu asboblari körgazmasi, milliy musobaqa va öyinlarni ötkazilişiga alohida e'tibor qaratiladi.

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda 2019 yil yakuniga qadar dastlabki loyiha natijalarini tahlil qiladi va natijalari böyiça ijobiy tajribani boşqa hududlarda tatbiq etiş yuzasidan takliflarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi:

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda yetakçi loyiha institutlarini jalb etgan xolda qişloq va etnografik turlar (an'anaviy turmuş tarzi, hunarmandçilik, taom tayyorlaş va boşqalar) doirasida sayyohlarni qabul qiliş istagiga va imkoniyatiga ega bölgan dehqon va fermerlar uçun “turistik mahalla” tipidagi uy-joy komplekslari (an'anaviy uslubdagi) namunaviy loyihasini milliy va zamonaviy arxitekturaning uyğunlaşgan uslubida işlab çiqadi.

Belgilanişiça, “turistik mahalla” tipidagi uy-joy komplekslari namunaviy loyihasini işlab çiqiş xarajatlari Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi budjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi;

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020-2025 yillar uçun har yili 1 fevralga qadar tasdiqlanadigan agroturizmni taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça hududiy dasturlar doirasida turistik salohiyatga ega bölgan tumanlarda kamida ikkitadan “turistik mahalla” tipidagi uy-joy komplekslari qurilişini ta'minlaydi.