Amaldagi tartiblarga köra, jismoniy şaxslarga şaxsiy foydalaniş uçun turli nomdagi 10tagaça dori preparatlaridan iborat dori vositalari (har biri uçun 5 öramdan ortiq bölmagan) va 5 birlikdan ortiq bölmagan tibbiy buyumlarni olib kirişga ruxsat etiladi.

«O.N.ni uşbu me'yor qoniqtirmagan körinadi. «Moskva-Duşanbe» yönalişidagi yölovçi poyezdi orqali yurtimizga kirib kelar ekan, «Qoraqalpoğiston» temir yöl çegara bojxona postida uşbu ayol yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilmasdan turib, qiymati 5 mln sömlik 50ta öramda 1250 tabletka «Konkor 5 mg» nomli dori vositalarini olib kirmoqçi bölgani foş etildi», deyiladi Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati xabarida.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.

Şuningdek, mazkur post xodimlari yana bir holatda kontrabanda aşyolaridan biri – poroxning yaşirinça olib kirilişini foş qilişgan.

Qöşni davlatdan respublikamizga kirib kelgan yuk poyezdini bojxona körigidan ötkaziş davomida vagonlaridan birining köz ilğamas böşliqlariga 1 dona polietilen öram yaşirilgani foş bölgan. Uşbu öram xolislar iştirokida oçib körilganida esa, uning içiga 240 gr. oğirlikdagi porox yaşirilgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.