Venesuela aholisining törtdan bir qismidan köproği (sakkiz millionga yaqin kişi) giperinflatsiya tufayli kundalik xarajatlarni tölaşda Amerika dollaridan foydalanmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozyapti. Mahalliy aholi vakillaridan birining sözlariga köra, supermarketlar faqat naqd pul yoki dollarni qabul qilmoqda. Şu bilan birga, ular har doim ham qaytimni qaytarmaydi: agar xaridor 50 dollarlik kupyura bilan kelsa, unda, katta ehtimol bilan, u barça pulni sarflaşga majbur böladi.
2018 yilning yozida mamlakatda valuta nazorati erkinlaştirilganidan söng Venesuelaga pul ötkazmalari hajmi ham ortdi. Xususan, agar 2018 yilda ötkazmalar hajmi 1,9 milliard dollarga teng bölgan bölsa, 2019 yilda bu tört milliardni taşkil etmoqda. Gazeta hisob-kitoblariga qaraganda, yana 1,5 milliardni venesuelaliklar xorijiy hisob raqamlaridan yeçib olişi mumkin.
Biroq çet eldan pul jönatmalarining ösişi jamiyatdagi tabaqalanişni kuçaytirmoqda, sababi barça venesuelaliklarda ham Amerika valutasini yuborişi mumkin bölgan qarindoşlari bor, deb bölmaydi. Inqiroz şaroitida bunday kişilar yanada qaşşoqlaşadi. Naşrning qayd etişiça, asosan çet eldan jönatmalarni ayollar oladi - işlaş uçun ketgan erkaklardan. Dollarga ega bölmagan mamlakat aholisi esa özaro hisob-kitobning boşqa usullariga, xususan, barterga ötişga majbur bölyapti.
Hozirgi şaroitda, çet eldan kelayotgan Amerika valutasi hajmi Venesuelaning neftdan oladigan daromadidan ham oşib ketişi mumkin. Joriy yilda bu 4,7 mlrd dollarlik darajada kutilyapti. «Dollarlaşuv natijasida neft iqtisodiyoti pul ötkazmalariga boğliq iqtisodiyotga aylanmoqda», - deya ma'lum qildi Dinámica Venezuela konsalting firmasi prezidenti Eduardo Fortuni.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga 2013 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan buyon mamlakat iqtisodiyoti ikki barobarga qisqardi. Bunga mamlakat eksport tuzilmasida 80 foizni (2017 yil böyiça ma'lumot) taşkil etuvçi neft narxining tuşib ketişi, şuningdek, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantiriş va sotsialistik siyosat sabab böldi. 2018 yil yakunlari böyiça mamlakatda inflatsiya yillik miqyosda 1,3 mln foizga yetdi.
BMT ma'lumotlariga köra, 2018 yil oxirida Venesuelani tark etgan fuqarolar soni uç million kişini taşkil qilgan. Bu aholining qariyb 10 foizidir.
Bundan oldin, muxolifat yetakçisi Xuan Guaydo venesuelaliklarni tayyor turişga çaqirgandi.












