Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo venesuelaliklarni tayyor turishga chaqirdi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo mamlakat aholisini Venesuelada hokimiyatni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Ozodlik» amaliyotini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish hamda uzurpatsiyani yakuniy tugatish uchun rasmiylarga maksimal bosim o‘tkazish vaqti keldi. Kurashimizning bu bosqichida har bir narsaning o‘z o‘rni bor», - deya ma'lum qildi u.
Bundan oldin, Guaydo Venesuelada hukumatni qo‘lga olish operatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma'lum qilgandi.
Guaydo uning tarafdorlari Venesuelada hukumatni qo‘lga olish bo‘yicha «Ozodlik» operatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishayotganini ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma'muriyatining «sanoqli kunlari qolgan».
Mavzuga oid
00:11
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026
Venesueladagi dahshatli zilzila: qurbonlar soni 235 kishiga yetdi, yuzlab binolar vayron bo‘lgan
14:54 / 25.06.2026