08:22 / 27.03.2019
6618

Yevro-2020 saralashi. Italiya Lixtenshteynga javobsiz oltita gol urdi, Morataning dubli Ispaniyaga g‘alaba keltirdi

Foto: Getty Images

2020 yilgi Yevropa chempionatiga saralashning guruh bosqichi 2-turiga yakun yasaldi.

Seshanba kungi uchta bahsda tomoshabinlar oltitadan gol guvohi bo‘lishdi. Shveytsariya-Daniya va Norvegiya-Shvetsiya uchrashuvlarida 3:3 hisobida durang qayd etilgan bo‘lsa, Italiya milliy jamoasi o‘z uyida Lixtenshteyn darvozasiga javobsiz oltita to‘p kiritdi. Daniya mehmondagi o‘yinning 84-daqiqasigacha 0:3 hisobida ortda borib, Shveytsariya darvozasiga 9 daqiqa ichida uchta to‘p kiritgani holda muvozanatni tiklay oldi. Shvetsiya esa 86-daqiqagacha 1:2 hisobida yutqazayotgan vaqtida g‘alabani ilib ketishi mumkin edi, ammo qo‘shib berilgan 6-daqiqada Norvegiya mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Bosniya va Hersegovina – Gretsiya o‘yinida ham birinchi bo‘limdan keyin 0:2 hisobida yutqazayotgan yunonlar durangga erisha olishdi. Shuningdek, birinchi turda uch ochko olgan Irlandiya va Ispaniya jamoalari bu safar Gruziya va Maltani mag‘lub etib, 6 ochko bilan o‘z guruhlarida peshqadamga aylandilar.

3-4-tur bahslari 7-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yevro-2020 saralashi, 26 mart
«D» guruhi
Irlandiya – Gruziya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 35 Xurixeyn.

Shveytsariya – Daniya 3:3 (1:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 19 Froyler, 2:0 – 66 Jaka, 3:0 – 76 Embolo, 3:1 – 84 Yorgensen, 3:2 – 88 Gyutkyayer, 3:3 – 90+3 Dalsgor.

«F» guruhi
Malta – Ispaniya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 31 Morata, 0:2 – 73 Morata.
Ispaniya – Arrisabalaga, Ermoso, Serji Roberto, Ramos, Bernat (Muniain, 56), Saul (Navas, 65), Kanales, Asensio, Rodri Ernandes, Gayya, Morata (Rodrigo, 79).

Norvegiya – Shvetsiya 3:3 (1:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 41 Yonsen, 2:0 – 59 King, 2:1 – 70 Klasson, 2:2 – 86, avtogol Nordtveyt, 2:3 – 90+1 Kvayson, 3:3 – 90+6 Kamara.

Ruminiya – Farer orollari 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 26 Dyak, 2:0 – 29 Kesheryu, 3:0 – 32 Kesheryu, 3:1 – 40, penalti Davidsen, 4:1 – 63 Pushkash.

«J» guruhi
Italiya – Lixtenshteyn 6:0 (4:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Sensi, 2:0 – 32 Verratti, 3:0 – 35, penalti Kualyarella, 4:0 – 45, penalti Kualyarella, 5:0 – 69 Kin, 6:0 – 76 Pavoletti.
Italiya – Sirigu, Romanoli, Bonuchchi (Itsso, 79), Manchini, Jorjino (Dzanolo, 57), Spinatssola, Verratti, Sensi, Politano, Kin, Kualyarella (Pavoletti, 72).
Chetlatish: Kaufmann (45, Lixtenshteyn).

Armaniston – Finlyandiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 14 Yyensen, 0:2 – 78 Soyri.

Bosniya va Hersegovina – Gretsiya 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 10 Vishcha, 2:0 – 15 Pyanich, 2:1 – 64, penalti Fortunis, 2:2 – 85 Kolovos.
Chetlatish: Pyanich (65, Bosniya va Hersegovina).

Top