His-tuyğular insonni boşqaradi. Şubhalanyapsizmi? Lekin bu fikrni butkul inkor etişga ham asos yöq. Ta'm bilişni olaylik. Bola nega şirinliklarni xuş köradi? Sababi şirin ta'mga odatlangan. Axir, ona suti şirali-ku. Bir vaqtlar undan huzurlanganmiz. Şu bois hayot davomida xuddi şunday (yoki şunga yaqinroq) lazzatni topişga va tuyişga bot-bot intilamiz.

Endi barçamizni öz içiga ğarq etgulik darajada kengayib ketgan global media makon haqida gaplaşsak. Dunyoda axborot Yer yuzidagi 8 milliard kişining kundalik ehtiyoji uçun zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan ham köp. Turli ma'lumotlarni har daqiqada, har soniyada qabul qilamiz. Ba'zan tahlil qilib, ba'zan esa, şunçaki bir yamlab yutgan holda. Ammo istalgan axborotni qança miqdorda emas, balki qanday iste'mol qiliş ham muhim. Aks holda, foydadan köra ziyoni köproq böladi.

Hozirgi axborot olamimiz tubsiz va sarhadsiz okeanga öxşaydi. Unda qança illat, ğurbat, bid'at, yolğon va tuhmatlar suzib yuribdi. Biroq barçasini körib ilğaşga, mağzini çaqib, asl mohiyatini tuşunib yetişga ojizmiz. Bunday ojizlik nafaqat alohida bir şaxslar yoki guruhlar, balki butun boşli jamiyatlarga ham xos bölib bormoqda.

Oçiği, yurtimiz yoşlarining axborotga munosabati va undan foydalaniş madaniyati, hayotiy e'tiqodi, qaraşlariyu qadriyatlarini tafakkur çiğiriğidan ötkazib körilsa, bugun biz  ham ojiz jamiyatga aylanayotgandek tasavvur uyğonadi kişida. Balki, aslida ham şundaydir...

Keling, dastavval har bir şaxs içki konstitutsiyasining özagini taşkil qiluvçi hayotiy e'tiqod masalasiga töxtalaylik. E'tiqod va qadriyat aslida egiz tuşunçalar. Ikkisi ham bolalikdan şakllanadi va umr böyi insonga hamrohlik qiladi. Ularning boş manbai esa, oiladagi tarbiyadir. 

Lekin tarbiya öz-özidan paydo bölib, öz holiça keçadigan jarayon emas. Unga puxta tayyorgarlik köriş kerak. Bunda ota-ona, avvalo, millatning ma'naviy oriyentirlariga murojaat qiladi (har holda, şunday bölmoği durust demoqçimiz).

Özbek xalqi uçun ilmu ma'rifat hamişa va har vaqt eng muhim ma'naviy oriyentir bölib kelgan. Yevropa hali mudrab yotgan zamonlarda olamşumul kaşfiyotlari bilan butun dunyoni uyğota olgan, falakiyotdan tortib tibbiyotgaça, huquq va geografiya, hatto hozir mislsiz darajada rivojlangan axborot texnologiyalari sohasining tamal toşini qöygan önlab buyuk ajdodlarimiz bolalikdan ilmu ma'rifatga intilgani, bilim olişni yuksak, yana bir bor qaytaramiz, yuksak (!) qadriyat deb hisoblagani uçungina daho bölib yetişdi. Oradan neça asr ötib ham ularga bölgan hurmat-e'tirof zarraça kamaygani yöq.

Ota-bobolarimizdan qolgan bebaho ilmiy meros hali-hanuz insoniyatni öylaşga, tahlil qilişga, yangiliklar yaratişga undab kelmoqda. Uşbu xazinaning duru marvaridlarini köz qoraçiğidek avaylab, tafakkuriga jo aylagan jamiyatlar bundan faqat yutmoqda. Axir, ilmiy salohiyati yuksak mamlakatlar yengilmasdir. Ularni na taslim qiliş, na qölda qöğirçoq qilib öynatiş mumkin.