27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Örikzor» bozorida tasvirga tuşirilgan video tarqaldi, unda tadbirkor soliq organlari xodimining harakatlari yuzasidan öz noroziligini bildirgan.
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, uşbu videoda tasvirlangan M.E. soliq organlari vakili hisoblanmaydi.
DSQ xabarida bildirilişiça, u Uçtepa tumani hokimligining iqtisodiy bölimi xodimidir.
Ma'lum bölişiça, u mahalliy hokimliklar qoşida soliq organlariga halol tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va şaffofligini ta'minlaş uçun kömak körsatiş maqsadida taşkil etilgan jamoat guruhlari işi doirasida harakat qilgan.
Bildirilişiça, vaziyat örganilmay turib, uşbu videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborilgan. Bu, öz navbatida, soliq xizmatlari obrösiga salbiy ta'sir qilgan.
DSQning eslatişiça, yolğon ma'lumot yetkaziş, tuhmat javobgarlikka sabab böladi.
Bundan oldin, Soliq qömitasi «Örikzor»dagi holatda soliq inspektori nohaq bölmagani haqida ma'lum qilgandi.
















