Bugun, 28 mart kuni «Jismoniy şaxslar jami yillik daromadlarini deklaratsiyalaş tizimining öziga xos xususiyatlari va köçmas mulk obektlari ijara şartnomalarini soliq xizmati organlarida hisobga oliş tartibi» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.
Anjuman çoğida mutaxassislar nafaqat mavzu yuzasidan, umuman tizimga oid savollarga ham javob berdilar. Jumladan, sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvga sabab bölayotgan «Örikzor» savdo kompleksidagi holatga ham oydinlik kiritildi.
Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği Törabek Törayevning ma'lum qilişiça, soliq xodimi öz vakolati doirasida harakat qilgan.

«Bu holatda şov-şuv, ğala-ğovur kötarişning hojati yöq edi va xaridlar çekini körsatiş kifoya qilardi. Davlat soliq inspeksiyasi xodimining asossiz harakatlari böyiça tunu-kun işlovçi işonç telefonlariga qönğiroq qiliş yoki boşqa tartibda murojaat qiliş mumkin va ular darhol körib çiqiladi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqda «Örikzor» bozori hududida soliq inspektorlari xaridorlarni töxtatib çek sörayotgani, çek bölmagan holda bozor hududidan çiqarmasdan uşlab turgani tasvirlangan video tarqalgandi.

















