Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklariga rasmiy taşrifini yakunladi.
Davlat rahbari Abu-Dabi şahrida mazkur amirlik valiahdi, Birlaşgan Arab Amirliklari Qurolli kuçlari Oliy boş qömondoni örinbosari Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Dubay şahrida BAA vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum va boşqa rasmiy şaxslar bilan uçraşuvlar ötkazdi.
«Muloqotlar çoğida mamlakatlarimiz örtasidagi savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi hamda özaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelişuvlari imzolandi.
Prezidentimiz Birlaşgan Arab Amirliklariga rasmiy taşrifini yakunlab, Toşkentga jönab ketdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Şavkat Mirziyoyev 24 mart kunidan buyon BAAda taşrif bilan bölib turgandi.












