Kun.uz caytiga murakkab vaziyatga tuşib qolgan turli insonlar murojaat qiladilar. Ammo ular orasida şunday toifalari ham borki, biror najot yöli qolmagan, har bir odamga umid bilan möltiraydi. Ana şunday yurtdoşlarimizdan biri, yoş yigit Rustambek Madaliyev ikki yoşga tölmagan farzandi Sultonbek Hayitboyevni quçganiça Hind diyorida yordamga muhtoj bölib turibdi.

Bu safargi xayriya maqolamiz oldingilaridan farq qiladi. Sababi unda muhtojlar bilan bevosita uçraşmaganmiz. Biroq Rustambek Madaliyevning iztiroblarga töla maktubini e'tiboringizga havola qilamiz:

“Men Rustambek Madaliyev 29 yoşdaman. Toşkent Arxitektura Quriliş institutida öqiyman. Otam 1995 yilda vafot etib ketgan. Oilada onam Madaliyeva Laylo, ayolim Sultonbekova Zulhumor, farzandlarim Hayitboyev Firdavs, Hayitboyev Sultonbek va men yaşaymiz. Oilaning yagona boquvçisi menman va kira qilib pul topaman.

Allohning sinovlari köp ekan... Öğlim Hayitboyev Sultonbek 3-darajali mitral klapan yetişmovçiligi taşxisi bilan Pediatriya institutida, kardiologiya bölimlarida davolandi. Ahvoli oğirlaşaverganidan keyin bor-budimizni sotib, saxovatli insonlar kömagiga tayanib, Hindistonga keldik. Bu yerdagi şifokorlar bolamning bir öpkasi işlamayotganini aniqlaşdi va zudlik bilan reanimatsiya bölimiga yotqizişdi.

Yurakdan avval öpkasini operatsiya qiliş zarurligi, qolaversa reanimatsiyada yotib qolganimiz uçun butun rejalarimiz buzilib ketdi va olib kelganimizni sarflab qöydik. Endi buyoği tavakkalçilik... Onasi ikkimiz bolamizga oynalar ortidan tikilib yiğlaymiz, u ham közlarini javdiratib bizni izlaydi.

Avvalambor hammasi Allohdan, kimnidir sababçi qilib qöyib, karomati kengligi bilan bolamga şifo berişiga işonaman. Faqat öziga işonib, möjizasini kutib qolamiz. Agar kimdir menga yordam beriş imkoniga ega bölsa, buni qarz deb biling. Farzandim soğayib ketganidan keyin tunu-kun işlayman, özim ham daromadimdan savobli işlarga sarflayman, öğillarimni ham muhtojlarga hamişa yordam beriş ruhida tarbiyalayman. Hammamizning muşkullarimizni özi oson qilsin. Hammaga rahmat, Alloh har biringizdan rozi bölsin”.