UMS mobil operatori alohida toifadagi raqamlarga chegirma beruvchi ikkita aksiyani bir vaqtning o‘zida o‘tkazmoqda.

Raqamlar sehri har doim insonlar hayoti va xohishlariga ta'sir ko‘rsatib kelgan. Ularning chiroyli birikmalari har tomonlama bizni qurshab, omad, o‘zimizga ishonch va yoqimli taassurotlar berib turishini xohlaymiz. Bu, ayniqsa, uyali aloqa operatorining raqamini tanlashda namoyon bo‘ladi. Chiroyli telefon raqami o‘z sohibining o‘ziga xosligini namoyon qiladi, bunday raqamni eslab qolish oson va adashtirib yuborish qiyin. Korporativ mijozlar uchun esda qoladigan raqam biznesdagi ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi – u raqobatchilar o‘rtasida kompaniyani ajratib turadi va brend nufuzini oshiradi.

UMS mobil operatori fursatdan foydalanib qolishni va qulay narxlarda turli xil chiroyli raqamlarni ulashni taklif qilmoqda. Shu kunlarda kompaniya raqamlar bilan bog‘liq ikkita: “Chiroyli raqamlarga chegirmalar” va “Fursatdan foydalaning!” aksiyalarini o‘tkazmoqda. UMS ning ma'lum tarif rejalariga, shu jumladan korporativ tariflariga ulangan abonentlar chiroyli raqamlar uchun 100% gacha chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin.

Birinchi aksiyada narxlari toifasi va ulanish hududiga qarab 63 000 so‘mdan 2 105 000 so‘mgacha bo‘lgan Steel Light, Steel, Bronze, Silver Light va Silver toifalaridagi chiroyli raqamlar ishtirok etmoqda. Aksiya o‘tayotgan kunlarda abonentlar oylik abonent to‘lovi kamida 33 000 so‘m bo‘lgan tarif rejalariga ulanayotganda esa, ushbu raqamlarni turli xil chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Ikkinchi aksiyada Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalaridagi chiroyli raqamlar (Toshkent shahri uchun) taqdim etilgan. Qolgan viloyatlardagi abonentlar bu va qo‘shimcha ravishda Gold, Super Gold toifalariga kiruvchi raqamlarni arzonlashtirilgan tartibda sotib olishlari mumkin. Buning uchun UMS ning yillik tarif rejalaridan biriga ulanish kerak bo‘ladi.

Aksiyalarda ishtirok etayotgan raqamlar ro‘yxatlari doimiy tarzda UMS korporativ saytida: https://ums.uz/ru/tariff/numbers/ joylashtirilgan va yangilanib bormoqda (narxlar chegirmasiz ko‘rsatilgan). Shunday ekan, kompaniya abonentiga aylanmoqchi bo‘lgan abonent uyda yoki ishda o‘tirgan holda raqamlar bilan tanishib chiqishi, bitta va bir nechtasini tanlashi, ushbu ma'lumotlar bilan UMS ofislaridan biriga borishi mumkin.