O‘zbekistonda yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

Foto: vetgov.uz
Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni (PF-5696, 28.03.2019 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, farmon bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Qo‘mita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Quyidagilar Qo‘mita tarkibiga o‘tkazildi:
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning akademik litseyi;
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti;
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Qo‘mita huzurida Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “O‘zbekchorvanasl” agentligi tashkil etildi.
2020 yil 1 yanvardan:
100 boshli chorva va 100 ming parranda bo‘lgan xo‘jaliklarda veterinariya vrachi va zootexnik shtati joriy etiladi;
qoramolchilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklardagi hamda aholi qaramog‘idagi sigirlar seleksiya rejasiga asosan naslli buqalar urug‘i bilan sun'iy urug‘lantiriladi;
tuman hokimlari kelgusi yilga ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini “O‘zbekchorvanasl” agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21
-
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 18:35
-
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi
Fan-texnika | 18:33
-
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 18:19
Mavzuga oid

10:06 / 06.11.2024
Soliq qo‘mitasida 31 xodimga intizomiy chora qo‘llandi, 14 xodimning maxsus unvoni pasaytirildi

20:17 / 17.09.2024
Eshak go‘shtini iste’mol uchun ishlatiladigan go‘sht toifasiga kiritish nazarda tutilmagan - Qonunchilik palatasi

16:54 / 17.09.2024
O‘zbekistonda chorva hayvonlari identifikatsiya qilinadi

19:51 / 06.09.2024