Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş, istiqbolli loyihalarni belgilaş maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Buxoro mamlakat viloyatlari içida hududining kattaligi jihatidan Navoiydan keyin ikkinçi örinda turadi. Qulay geografik hududda joylaşgani, tarixiy obidalar, tabiiy resurslarga boyligi, qişloq xöjaligi sohasida töplangan tajriba sabab viloyatda turizm, sanoat, logistika, agrosanoat sohalari izçil rivojlanmoqda.

Prezident 2018 yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga taşrifi çoğida hududning zamonaviy qiyofasini yaratiş, sanoatning işlab çiqariş va qayta işlaş, transport-logistika, xizmat körsatiş, qişloq xöjaligi, ta'lim, sayyohlik salohiyatini yanada oşiriş böyiça soha mutasaddilariga topşiriqlar bergandi.

Davlat rahbari bu galgi taşrif çoğida uşbu topşiriqlar ijrosi, şuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga doir investitsiya loyihalari bilan tanişişi rejalaştirilgan.

Prezident BAA safaridan keyin Buxoroga boradi