«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Birinçidan, AJda çet ellik investorlarning uluşi (kamida 15%) bölişi lozimligi haqidagi talab bekor qilindi.
 
Ikkinçidan, jamiyat aksiyalarni va aksiyalarga ayirboşlanadigan, haqi pul mablağlari bilan tölanadigan emissiyaviy qimmatli qoğozlarni joylaştirganda ovoz beruvçi aksiyalarning egalari bölgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravişda oliş huquqiga ega. Ilgari aksiyadorlarning umumiy yiğilişi ovoz beruvçi aksiyalar egalarining köpçilik ovozi bilan bir yildan ortiq bölmagan muddatda uşbu imtiyozli huquqni qöllamaslik töğrisida qaror qabul qilinişi mumkin edi. Uşbu norma ham çiqarib taşlandi.
 
Uçinçidan, majburiy auditorlik tekşiruvini ötkaziş uçun auditorlik taşkilotini belgilaş, uning xizmatlariga tölanadigan eng köp haq miqdori va u bilan şartnoma tuziş (uni bekor qiliş) töğrisida endi aksiyadorlar umumiy yiğilişi tomonidan qaror qabul qilinadi. Kuzatuv kengaşi faqat taşabbus tarzida ötkaziladigan auditorlik tekşiruvlari qismida uşbu vakolatni saqlab qoldi.
 
Törtinçidan, aksiyadorlarning umumiy yiğilişini ötkaziş töğrisida axborot beriş tartibiga tuzatiş kiritildi. Endi bu haqdagi xabarni Korporativ axborotning yagona portalida ham e'lon qiliş zarur. Umumiy yiğiliş ötkaziladigan sanadan kamida 21 kundan (ilgari – 7 kundan) keçiktirmay xabar berilişi kerak.
 
Beşinçidan, aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varağiga kiritilgan AJga nisbatan qöşimça talablar belgilandi:
 
a) faqat kuzatuv kengaşining a'zolaridan tarkib topgan audit qömitasi taşkil etilişi şart. Jamiyatning içki audit xizmati (u mavjud bölsa) öz faoliyatida uşbu qömitaga hisobdordir;
 
b) kuzatuv kengaşida kamida bir nafar mustaqil, har yili qayta saylanadigan a'zo bölişi kerak;
 
Ma'lumot uçun: quyidagi şaxs kuzatuv kengaşining mustaqil a'zosi deb e'tirof etiladi:

• sönggi uç yil mobaynida jamiyatda va (yoki) uning affillangan şaxslarida işlamagan;
• jamiyatning aksiyadori va (yoki) uning affillangan şaxsining ta'sisçisi (aksiyadori, iştirokçisi) bölmagan;