Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika instituti faoliyatini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

• öquv jarayonini takomillaştiriş, jumladan, Institutda pedagog kadrlar tayyorlaş mazmunini qayta körib çiqiş, xalkaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlaş uçun zarur şaroitlar yaratilişini ta'minlaş, yangidan taşkil etilayotgan ta'lim yönalişlari böyiça zarur öquv-metodik adabiyotlarni yaratiş, talabalarning viloyat hududidagi tegişli ta'lim muassasalarida amaliyot ötaşlarini taşkil etiş, ularni qişloq hududlardagi ta'lim muassasalariga jalb etiş;

• ma'naviy-ma'rifiy işlarni yanada takomillaştiriş va talabalarning ijtimoiy himoyasini taşkil etiş, jumladan, yoşlar siyosati. ma'naviy-ma'rifiy va mafkuraviy sohadagi işlari natijadorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş, talaba-yoşlarni yot ğoya va axborot xurujlaridan himoyalaş, nodavlat notijorat taşkilotlari, umumta'lim maktablari, mahallalar va ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlaş, nogironligi bölgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va çin yetim talabalarga kömaklaşiş, talaba-yoşlarni harbiy vatanparvarlik, mehnatsevarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalaş;

• ilmiy-innovatsion va xalqaro hamkorlik faoliyatini takomillaştiriş, bunda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi loyihalar va xalqaro fanlar tanlovida Institutning faol iştirokini ta'minlaş, professor-öqituvçilar tomonidan yuqori ilmiy-uslubiy, amaliy- tatbiqiy ahamiyatga ega monografiya va ilmiy maqolalar tayyorlaş va çop ettirilişini faollaştiriş, ilmiy iş bilan şuğullaniş uçun ilmiy-pedagog xodimlar, doktorantlar va yoş izlanuvçilarga zarur şaroitlar yaratiş va rağbatlantiriş;

• professor-öqituvçilarning malakasini oşiriş jarayonini takomillaştiriş, jumladan, ularning uzluksiz malaka oşiriş tizimini yölga qöyiş, professor-öqituvçilarni xorijiy davlatlarning oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlariga stajirovka ötaş va malaka oşirişga yuboriş, professor-öqituvçilarning mustaqil malaka oşirişlari uçun yetarli şart-şaroit yaratiş;

• institut faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş. axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yaxşilaş va samarali foydalanişni taşkil etiş.

Hujjat bilan Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika instituti faoliyatini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.