Bugungi kunda avtomobillar harakatlanişning eng ommabop vositasiga aylanib ulgurgan. Köpçilik xaridorlar avtomobil xarid qilganida körinişi, tejamkorligi, narxi va ommabopligi kabi dastlabki talablarni hisobga olişadi. Ammo davlat rahbarlariga xizmat qiluvçi avtomobillarga qöyiladigan talablar butunlay boşqaça. Ular haşamat va qudratni ifoda etişi, içidagi inson uçun barça qulayliklarni taqdim etişi hamda eng muhimi yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlay bilişi şart. Ana şunday avtomobillar yettiligi bilan tanişib köramiz.
7. Buyuk Britaniya - Jaguar XJ Sentinel, qiymati 455 ming dollar

Buyuk Britaniya boş vaziriga xizmat qiluvçi asosiy avtomobil zirhlangan, 5,0 litrli V8 turbodvigatelga ega. Köplab xususiyatlari maxfiy tutiladigan bu avtomobil kuzovi titan, kevlar kabi qotişmalardan işlangan. Oynalari öq ötkazmaydigan maşina kislorod ballonlariga ham ega va gaz hujumiga ham bardoş beradi. Jaguar XJ Sentinel içida tungi köriş moslamasi mavjud. Yuqori sifatli ekran maxsus aloqa tizimi orqali videokonferensiya ötkaziş imkoniyati beradi.
6. Tailand - Limuzin Maybach 62, 500 ming dollar

Bu davlat qirolining sevimli avtomobili köplab maşinalar avtoparkida alohida örin tutadi. V12 dvigatel haşamdor salon, yuqori xavfsizlik, ajoyib kuzov bilan uyğunlaşib, qirol qudratining ramzi sifatida harakatlandi.
5. Rossiya – Prezident “Kortej”i, aniq qiymati ma'lum emas, umuman yaratiliş loyihasiga 8 mlrd rubl sarflangan.

Rossiya prezidenti uçun möljallangan bu loyiha mahsuli bölgan “Kortej” yaratilişi uçun jami dunyo böylab 130 dan ortiq işlab çiqaruvçilar iştirok etganlar. Lekin bu mahsulot faqat prezident uçun xizmat qilmay, boş vazir, asosiy mehmonlar uçun ham möljallangan. Öta kuçli zirh, öq ötkazmas oynalar kabi standart xavfsizlik vositalaridan taşqari bu maşinada hatto katapulta tizimi ham joriy qilingan.















