Milliarder Eduardo Saverin Mark Tsukerberg bilan birga dunyoning eng faol ijtimoiy tarmoği boşida turgan va ötgan 15 yil içida hanuz "Facebook'dagi ikkinçi odam" yorliğidan qutula olmagan. Yetti yil sukut saqlagan işbilarmon özining ikkinçi imkonini nimada körmoqda? Forbes şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Eduardo Saverin Singapurdagi Land Tower biznes markazida sakkiz qavatni band qilgan ofisiga taşrif buyurgan mehmonlarni qarşi olar ekan, doim unga birinçi bölib beriladigan savol qaysi bölişini yaxşi biladi. Bu, albatta, Facebook bilan boğliq savol böladi. Dunyoga maşhur ijtimoiy tarmoqning 37 yoşli hammuassisi nafaqat dunyoning eng yoş milliarderlaridan biri (Forbes uning boyligini 9,5 mlrd dollarga baholaydi) sanaladi, balki pop-madaniyatning haqiqiy qahramoni hamdir. Devid Finçerning taniqli "Ijtimoiy tarmoq" filmida Facebook'ning yaratilişi haqidagi filmda uni Hollivud yulduzi Endryu Garfild öynagan.
Oxirgi marta Saverin 2011 yilda, AQŞ fuqaroligidan voz keçib, Singapurga köçib ötganida axborot maydonida şov-şuvlarga sabab bölgan edi. Ommaviy axborot vositalari uni öz vatanida 700 million dollar soliq tölaşdan qoçganlikda gumon qilişdi, ammo işbilarmon emigratsiyaning bu versiyasini inkor qildi. U Mark Tsukerbergning sobiq hamkori yorliğidan qoçdi va endi u uçun asosiysi - dunyoga yangi Eduardo Saverinni namoyon qiliş. U endi "birov"ning ijtimoiy tarmoği hammuassisi emas, jahon investitsiya bozori oliy ligasiga kirişga tayyor şaxsiy "B Capital" vençur fondining asosçisidir.
"B Capital"ga u 2015 yilda şerigi Raj Ganguli bilan asos solgan. 360 million dollar hajmidagi fond (bunda Saverinning uluşi ma'lum qilinmadi) texnologik startaplar orasidagi obektlarni izlamoqda.
Fondning raqiblaridan ustuvor jihati - geografik tobe'likning yöqligi. "B Capital"ning 30 nafar xodimi Kaliforniya (San-Fransisko va Los-Anjyeles), Nyu-York va Singapurdan işlaydi. Yana bir kuçli tomoni — Boston Consulting Group (BCG) konsalting giganti bilan eksklyuziv hamkorlik, bu Saverin va Ganguli portfelidagi kompaniyalarga ekspertiza va keng kölamli mijozlar bazasiga çiqiş imkonini beradi. Va nihoyat, "B Capital" rahbariyatiga sönggi vaqtlarda Apple va Box kabi korporatsiyalarda işlaş tajribasiga ega bir neça menejyer keldi. Bularning bari fond asosçilarining bozorning yirik öyinçilari qatoriga qöşilişga tayyor ekanligidan dalolat beradi.
Singapurga maftun
2012 yilda Mark Tsukerberg Facebook'ning birjaga çiqqanini nişonlaganda va NASDAQ'da savdolar boşlanganini tantanali ravişda ma'lum qilgan vaqtda boşqa yarim şardagi Eduardo Saverinni heç kim yodga olmadi. U startapdan 2005 yilda hammuassis maqomida ketdi, maqsad - kelgusi bir neça yilda ijtimoiy tarmoqning 53 million aksiyasini saqlab qoliş. 2009 yilda Saverin Singapurga köçib ötdi, Amerika fuqaroligidan esa 2011 yilda voz keçdi. Bu vaqt u OAVda muhokamalarda paydo bölib turdi — naşrlarda uning Bentley maşinasi, klublarga taşrifi va ba'zan bir tunda 50 ming dollarni qayd etuvçi barlardagi qirollik hisob-kitoblari muhokama markazida böldi.












