Portugaliyalik kanoeçi Katarina Sekeyra miyasi ölgan deb e'lon qilinganidan ikki oy ötib közi yoridi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Naşrning yozişiça, 26 yoşli sportçi homiladorligining 19-haftasida ötkir astma xuruji tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Ayol sun'iy koma holatiga tuşirib qöyilgan, ammo bir neça kundan söng şifokorlar miyaning ölganligini qayd etişgan.
Qolgan kunlar davomida şifokorlar Sekeyraning tanasi yaşaşini tutib turişgan. Homiladorlikning 32-haftasida ular kesarça kesişni amalga oşirişdi. Bola tuğilganidan söng şifokorlar Sekeyraning tanasini yaşaşni ta'minlaş tizimidan uzib qöyişdi.
Qayd etilişiça, bola öğil bölib, 1,7 kilo tuğilgan va soğlom. Uni Sekeyraning turmuş örtoği tarbiyalaydigan böldi.












