United Airlines kompaniyasiga qaraşli Boeing 737 samolyoti salon içida çidab bölmas darajadagi hid çiqqani tufayli Vaşingtonda qönişga majbur böldi. Fox News telekanalining xabar berişiça, samolyot Baltimordan San-Fransiskoga uçişi kerak bölgan.

Parvozdan bir neça daqiqa ötgaç yölovçilardan biri ötkir hiddan özini noxuş his qila boşlagan. Uning köngli aynib, boşi oğrigan.

Samolyotni Vaşingtonda şifokor va öt öçiriş xodimlari kutib olişgan. Tekşiruvlardan söng bortda bölgan yölovçilardan yetti nafari kasalxonaga jönatilgan.

Aviakompaniya jabrlanuvçilarga tibbiy xizmat xarajatlarini tölab beradi. Hodisaning sababi esa ma'lum qilinmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Efiopiyada Boeing 737 MAX samolyoti qulaganidan söng butun dunyo böylab önlab aviakompaniyalar Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanişni töxtatdi. Yevroittifoq va AQŞ ularning parvozi uçun öz havo hududini yopib qöydi.