A Seriyada 29-turga yakun yasaldi.

Turning oxirgi bahsi «San-Siro»da «Inter» va «Latsio» o‘rtasida kechdi. Unda rimliklar yarimhimoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning 12-daqiqada boshi bilan urgan goli o‘yin taqdirini hal etdi.

«Neradzurri» ushbu mag‘lubiyatdan keyin ham 3-o‘rinda qoldi, boisi bir kun avval jamoaning eng yaqin ta'qibchisi «Milan» safarda «Sampdoriya»ga yutqazgan edi (0:1). Kecha «Napoli»ga yengilgan «Roma» (1:4) 5-o‘rnini boy berib, 7-pog‘onaga tushdi. Oraliqqa «Latsio» va «Atalanta» klublari teng ochko bilan joylashdilar.

Ertadan boshlab 30-turga start beriladi.

Italiya chempionati, 29-tur
31 mart
Inter – Latsio 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 12 Milinkovich-Savich.
Inter – Xandanovich, Miranda, D`Ambrozio (Kandreva, 79), Shkrinyar, Asamoa, Valero (Nainggolan, 74), Brozovich, Politano, Vesino, Keyta Balde (Joau Mariu, 84), Perishich.
Latsio – Strakosha, Acherbi, Bashtush, Luis Felipe, Luis Alberto (Parolo, 67), Lulich (Durmisi, 87), Leyva, Milinkovich-Savich, Romulo, Korrea (Kaysedo, 27), Immobile.

Parma – Atalanta 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 8 Jyervino, 1:1 – 24 Pashalich, 1:2 – 75 Sapata, 1:3 – 90 Sapata. 

Fiorentina – Torino 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 7 Simeone, 1:1 – 34 Bazelli.

Roma – Napoli 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 2 Milik, 1:1 – 45, penalti Perotti, 1:2 – 49 Mertens, 1:3 – 54 Verdi, 1:4 – 81 Yunes.
Roma – Olsen, Santon, Manolas, Fasio, Kolarov, Kristante, de Rossi (Klyuyvert, 82), Nzonzi, Shik (Dzanolo, 63), Jyeko, Perotti (Under, 82).
Napoli – Meret, Xyusay (Malkyui, 68), Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Fabian Ruis, Verdi (Yunes, 74), Mertens (Una, 58), Milik.
Ogohlantirishlar: Shik (13), Maksimovich (17), Manolas (36), Jyeko (37), Milik (43), Kolarov (66).

Frozinone – SPAL 0:1 (0:1, 0:0)