AQŞning Alyaska ştati federal sudyasi AQŞ prezidenti Donald Trampning Arktika va Atlantika okeanida neft va gaz quduqlarini burğilaşni taqiqlovçi qarorni bekor qiliş haqidagi farmonini noqonuniy deb e'lon qildi. Bu haqda The Washington Post naşri xabar berdi.
Sudya Şeron Glison prezidentda neft va gaz lizingi milliy dasturidan hududlarni istisno qiliş huquqi borligini, biroq kongressgina unga yangi hududlar kirita olişini ta'kidlab ötgan.
AQŞning avvalgi prezidenti Barak Obama özining prezidentlik muddati söngida umumiy maydoni 518 ming kvadrat kilometrni taşkil qiluvçi Atlantika okeanining bir qator hududlari va Alyaska sohilböyida neft va gaz quduqlarini burğilaşni taqiqlagan. Tramp bu taqiqlovni 2017 yil aprelida bekor qilib, Çukotka va Bofort dengizlaridagi şelfda qaziş işlarini olib borişga ruxsat bergan.












