2019 yil I çorak yakuniga köra «ÖzRTXB» AJning birja savdolari orqali sotilgan paxta çigitining şrot va şeluxasi narxi örtaça 7,1 foizga pasaygan. Xususan, yil boşidan buyon şrot kotirovkasi 5,6 foizga, ya'ni 1 tonna uçun 2060,5 ming sömdan 1945,8 ming sömga pasaydi. Şeluxaning birja narxi esa 8,7 foizga, ya'ni 1 tonna uçun 1468,0 ming sömdan 1340,4 ming sömga qisqardi.
Narxlarning pasayişiga birinçi navbatda birjaning çorva ozuqasi bozorida real bozor şaroitining şakllanişi evaziga erişilgani ma'lum qilinmoqda.
«Özpaxtayoğ» AJ tomonidan birja savdolariga doimiy ravişda katta hajmda şrot va şeluxaning qöyilişi bozorda talab va taklif muvozanati saqlanişini ta'minladi. Umuman olganda, körib çiqilayotgan davr içida birja savdolariga 178,0 ming tonna şrot qöyilgan bölib, undan 137,5 ming tonnasi sotilgan. Şuningdek, 122,8 ming tonna şeluxa savdoga qöyilgan bölsa, undan 109,5 ming tonnasi sotildi. Şrot va şeluxaning sotilmagan hajmi, ya'ni qoldiği takroriy ravişda birja savdolariga qöyib boriladi», — deyiladi «ÖzRTXB» Matbuot xizmati axborotida.
Ma'lum qilinişiça, birja savdolarida xaridor sifatida fermer xöjaliklari, tadbirkorlar va boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlar erkin va çeklovsiz ravişda iştirok etişmoqda. Şu bilan birga iste'molçilarning tarkibida har bir hududdagi talab darajasiga muvofiq çorvaçilik uçun yem hajmi mutanosib ravişda taqsimlanişi qayd etilgan. Şu jumladan, Buxoro viloyatining iste'molçilari yetakçilikni egallab, ular bozorning 16 foizini egallaşdi. Keyingi qatorlardan joy olgan Farğona viloyatining uluşi 12 foiz va Qaşqadaryo viloyatining uluşi 9 foizni taşkil etdi. Qolgan hududlarning uluşlari esa 5-8 foiz atrofida.
Şuni ta'kidlaş kerakki, birja savdolari orqali sotilayotgan şrot va şeluxaning hajmi göşt va göşt mahsulotlari narxlarining şakllanişida hal qiluvçi omil hisoblanmaydi. Misol uçun, 2019 yil I çorak davomida birja savdolari orqali şartli çorva ozuqasi birliklari böyiça 153,01 ming tonna şrot va şeluxa ozuqasi birligi sotilgan, bu esa respublikadagi bir boş yirik qoramol taxminiy ozuqasining deyarli 5,3 foizini taşkil qiladi.












