10:07 / 01.04.2019
5006

Liga 1. «PSJ»da navbatdagi g‘alaba, «Lill» irodali yutuqqa erishdi

Foto: Getty Images

Fransiya birinchi divizionida 30-tur davom etmoqda.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan beshta o‘yindan to‘rttasida mehmonlarning qo‘li baland keldi, yana bitta uchrashuvda hisob ochilmay qoldi. G‘oliblar safida chempionat peshqadami «PSJ», 2-o‘rindagi «Lill» ham bor. Parijliklar «Tuluza» maydonida Kilian Mbappening yagona goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. «Lill» esa «Nant» bilan bahsda 0:2 hisobini 7 daqiqa ichida 3:2ga aylantira olishdi.

Fransiya chempionati, 30-tur
31 mart
Monako – Kan 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 23 Krivelli. 

Dijon – Nitssa 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 60 Le-Melu.
Chetlatish: Sammaritano (54, Dijon).

Amen – Bordo 0:0 

Nant – Lill 2:3 (0:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 54, penalti Esserik, 2:0 – 56 Kulibali, 2:1 – 62 Rafael Leau, 2:2 – 68, penalti Pepe, 2:3 – 69 Bamba. 

Tuluza – PSJ 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 74 Mbappe.
PSJ – Areolya, Kerer, Markinos, Kimpembe, Dagba (Tiago Silva, 73), Nkunku (Diabi, 63), Paredes, Bernat, Kurzava (Verratti, 62), Mbappe, Shupo-Moting. 

30 mart
Marsel – Anjyer 2:2 (2:1, 0:1)

Gollar: 1:0 – 4 Balotelli, 2:0 – 16 Balotelli, 2:1 – 36, penalti Mangani, 2:2 – 77, penalti Mangani.
Chetlatish: Sarr (78, Marsel).

Renn – Lion 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 86 Tere.

1 aprel
23:30. Sent-Eten – Nim

3 aprel
23:59. Strasbur – Reyms
23:59. Monpele – Gengam

Top