«Özbekiston 24» telekanalida prezidentning Buxoroga taşrifi haqida maxsus körsatuv namoyiş etildi.

Prezident ötgan yili mart oyida uşbu viloyatga amalga oşirilgan taşrif çoğida berilgan topşiriqlar ijrosi bilan qiziqdi.

Prezident matolardan kiyim-keçak tikib işlab çiqaruvçi «Ekvatorial Çodak Grup» MÇJda böldi. Gidroponika usulida zamonaviy issiqxonalarda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçi «Buxoro Agro» erkin iqtisodiy zonasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi. Paxtaçilikka asoslangan BCT klasterni borib kördi. Ipakçilik klasterida bölgan prezident bu yerda amalga oşirilgan va rejalaştirilgan işlar bilan tanişar ekan, barça viloyatlarda tutzorlarni kengaytiriş borasida topşiriqlar berdi.

 

 

Buxoroda aholining 433 ming gektardan ziyod tomorqa yerlarida ham mahsulot yetiştirişga katta e'tibor berilişi lozimligi ta'kidlandi.

Buxoroni azaldan maşhur qilgan qorakölçilik an'analarini yangi sifat bosqiçiga çiqariş lozimligi aytildi. Prezident möynaçilikni rivojlantiriş uçun barpo etilgan quyon, norka va şinşila yetiştiruvçi fermer xöjaliklarining işi bilan ham tanişdi.

Prezident Kogon tumanidagi «Taraqqiyot» mahalla fuqarolari yiğini markazida ham böldi. Şu maskanda prezident viloyatda 35 mingdan ziyod xotin-qizlar iş bilan ta'minlanmagani, xotin-qizlar jinoyatçiligi saqlanib qolayotgani körsatib ötildi. Prezident bu holat milliy mentalitetimizga yotligi, buyuk tarix va yuksak salohiyatga ega bölgan Buxoroga mutlaqo yaraşmasligini ta'kidladi.