MRI va Linac'ni özida jamlagan revolyutsion texnologiya bizning nur orqali davolaşga doir tasavvurimizni butunlay özgartirib yuboradi. Uning paydo bölişi davolaş davomiyligining qisqarişi, ösimtalarning körina boşlaşi va ularga qarşi maqsadli kuraşiş, nojöya ta'sirning kamayişiga hamda saraton murakkab turlarining çekinişiga imkon yaratadi.

Dunyoda şunday qurilmalardan bor-yöği 20 tasi mavjud bölib, ulardan biri Turkiyaning yetakçi tibbiyot muassasalaridan bölgan ACIBADEM Healthcare Group tarkibiga kiruvçi Istanbuldagi ACIBADEM Maslak kasalxonasiga yetib keldi. 2012 yilda ACIBADEM IHH Healthcare bilan hamkorlik böyiça şartnoma imzoladi va kattaligi böyiça jahonda ikkinçi turuvçi soğliqni saqlaş tarmoğining bir qismiga aylandi. Ilğor diagnostik va davolaş metodikalaridan foydalaniş natijasida Turkiya soğlomlaştiriş turizmi sohasidagi yetakçi davlatlar qatoriga kirdi.
Nur orqali davolaşdagi yangi davr haqida Acıbadem tibbiy markazlar tizimiga kiruvçi – Mexmet Ali Aydinlar universitetning nur onkologiyasi bölimi mutaxassisi, uşbu soha eksperti professor Enis Ozyar sözlaydi.

Yurak-qon tomirlari kasalliklaridan söng saraton salomatlik uçun ikkinçi eng katta tahdidlardan bölib qolmoqda. Ekspertlar fikriça, joriy yilning söngiga qadar, 18.1 millionga yaqin kişi oğir xastalikning qurboniga aylanadi, ölimlar soni esa 9 milliondan oşadi.
Xatarli ösimtalarning eng keng tarqalgan turi – öpka saratoni umumiy kasallar sonidan 11.6 foizni taşkil etadi. Ayollar asosan kökrak bezi saratonidan, erkaklar – prostatadan aziyat çekişadi. Köp hollarda kolorektal saraton, şuningdek, oşqozon va jigar saratoni taşxislari ham qöyiladi.
Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot yangi texnologiyalardan foydalaniş bilan çambarças boğliq – avvalroq qöyilgan taşxis va apparat terapiyasi hattoki yopiq şaklda topilgan kasalliklarni ham muvaffaqiyatli davolaş imkoniyatini oşiradi. Mana şunday yangi texnologiyalardan biri xatarli ösimtalarni yöqotişda revolyutsion buriliş yasadi. Magnitli-rezonans nur orqali davolaş radiatsion onkologga bemorlarni jarrohlik usuli bilan davolaş imkonini beradi – qurilma ösimtaning mavjud joyini u hattoki, yumşoq töqimalarda joylaşgan bölsa ham aniq topa oladi.














