Iqtisodiyot | 17:53 / 01.04.2019
33280
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston uch yilda qancha oltin eksport qilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP 2019 / SEBASTIAN DERUNGS

So‘nggi uch yil ichida O‘zbekiston 220 tonna oltin eksport qildi, bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

Xususan, idora ma'lumotlariga ko‘ra, oltin eksporti 2016 yilda 70 tonnani tashkil etgan. Qiymat jihatidan bu 2,7 mlrd dollardan ortiqqa teng. 2017 yilda qimmatbaho metall eksporti 80 tonnani yoki 3,1 milliard dollarni tashkil etdi.

2018 yilda O‘zbekiston 70 tonna oltinni 2,9 mlrd dollarga eksport qildi (Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari). Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, tovarlar eksporti hajmi 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi. Shu bilan birga, oltinning qiymati (umumiy eksport hajmidan 25,5%) o‘rtacha yillik narx o‘sishi hisobiga ortdi.

Markaziy bank prognoziga ko‘ra, 2019 yilda oltinning o‘rtacha narxi o‘sishda davom etadi va bir troy unsiyasi uchun 1320 dollar bo‘ladi. Bunday prognozlarda joriy yilda qimmatbaho metall eksporti O‘zbekistonga 3,2 milliard dollardan ko‘proq pul keltirishi mumkin.

2016-2018 yillarda xomashyo tovarlari eksporti hajmi (oltin va tabiiy gaz) eksport umumiy hajmidan 60-70 foizni tashkil etdi. Tovarlar eksporti umumiy hajmidan taxminan 80 foizi besh davlat hissasiga to‘g‘ri keladi, shundan 30-35 foizi - Shveytsariyaga (oltin).

Bundan oldin, O‘zbekiston qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar importiga xarajatlarni oshirgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid