O‘zbekiston yana Kobulning «Tolibon» bilan muzokaralarini Samarqandda o‘tkazishni taklif qildi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 31 mart kuni Kobulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Tolonews.
Tomonlar tinchlik jarayoni, mintaqaviy aloqalar, infratuzilma loyihalari va iqtisodiy aloqalarni muhokama qildilar, deyiladi prezidentlik saroyi bayonotida.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar har qachongidan yaxshiroq, dedi Komilov G‘ani bilan uchrashuvda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirish aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi afg‘on hukumatining sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida ma'lum qilgan.
«Agar toliblar Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashib olishga tayyor bo‘lsa, O‘zbekiston muzokaralarni qabul qilishi mumkin», - dedi Komilov.
Shu bilan birga, prezident G‘ani O‘zbekistonning Afg‘onistondagi roli, ayniqsa, 2017 yil dekabr oyida Samarqandga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida muvofiqlashtirib olingan iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi o‘rnini yuqori baholadi.
G‘anining O‘zbekistonga tashrifi davomida imzolangan kelishuvlar orasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va iqtisodiyot, tranzit, xavfsizlik, elektr energiyasi, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash hamda oliy ta'lim kabi turli sohalardagi 20ta kelishuv bor.
G‘anining aytishicha, mintaqada o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va barqarorlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan.
U O‘zbekistonning tinchlik muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini alohida ta'kidlab, Samarqand ikki mamlakatning umumiy madaniy merosi sanalashini bildirib o‘tdi.
Prezident saroyi xabariga ko‘ra, Afg‘oniston va O‘zbekiston rasmiy shaxslari foydali qazilmalarni qazib olish, to‘qimachilik, bojxona va xavfsizlik masalalari bo‘yicha axborot almashinuvi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolaydilar.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024