Ruxsat beriş tartib-taomillari, tekşirişlar, litsenziyalaştiriş va eksport bilan boğliq biznes yangiliklari, şuningdek tibbiyot, turizm, töqimaçilik sanoati va boşqa sohalar haqida Norma şarhida söz yuritilgan.
 
Biznes sohasidagi ruxsatnomalar soni kamaydi
 
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi yana oltita ruxsat beriş tartib-taomili bekor qilindi:

• eksport kontrakti röyxatdan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma;
• mol söyişni amalga oşiriş huquqini beruvçi ruxsat guvohnomasi;
• yer qa'ri uçastkasidan foydalanişda buzilgan yerlar qayta tiklanganligi haqida xulosa;
• voyaga yetmaganlarga möljallangan dori vositalarini reklama qilişga ruxsatnoma;
• qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlardan yasalgan buyumlar bilan çakana savdo qiladigan tadbirkorlik sub'yektlarining savdo obektlari joylaşuvi;
• yerlarning barça toifalarida geologik-suratga oliş, qidiriş, geodeziya va boşqa turdagi qidiruv işlarini olib borişga ruxsatnoma.
 
Tekşiruvlar – biznes-ombudsman orqali
 
Boş prokuratura endi tekşiruvlarni muvofiqlaştirmaydi. Uşbu vakolatlar biznes-ombudsmanga ötdi. Uning qarorlari nazorat qiluvçi organlar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi. Savdo-sanoat palatasi tekşiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi. 
 
Yer qa'ri uçastkasini örganiş uçun litsenziya ikki baravar tez rasmiylaştiriladi
 
Noruda foydali qazilmalar mavjud bölgan yer qa'ri uçastkasidan geologik örganiş uçun foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalar ariza kelib tuşgan kundan boşlab 10 kundan (ilgari – 20 kundan) oşmagan muddatda beriladi. Uşbu sohadagi litsenziyalarning qolgan – qazib oliş va texnogen mineral hosilalardan foydalaniş huquqini beruvçi turlari – ilgarigidek 20 kunlik muddatda rasmiylaştiriladi.
 
QQS tezroq qaytariladi
 
Soliq tölovçiga nol darajali stavkani qöllaş natijasida hosil bölgan QQS summasi tezroq qaytariladi. Endi hujjatlarning töliq paketi taqdim etilgan kundan boşlab buning uçun 7 iş kuni ajratiladi (ilgari – 15 iş kuni). Bundan buyon soliq organlarida mavjud ma'lumotlarni, şu jumladan soliqlar va boşqa majburiy tölovlar böyiça taqqoslaş dalolatnomasi, QQS hisob-kitobini taqdim etiş kerak emas.