“Özbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumanidagi özi tahsil olgan 5-maktabda bölib, maktab kutubxonasiga 150 turdan ortiq kitoblar töplamini sovğa qildi, deb xabar beradi “Özbekenergo” AJ matbuot xizmati.

Şuningdek, jamiyat raisi maktabga taşrifi davomida ta'lim muassasasi mehnat jamoasi va öquvçilar bilan kitobning inson şaxsi va ma'naviyati şakllanişidagi ahamiyati xususida uçraşuv ham ötkazdi.

— Bugun maktabimizni a'lo baholarga tugatgan sobiq öquvçimiz, “Özbekenergo” AJ raisi Uluğbek Mustafoyev maktab kutubxonasi fondi uçun kitoblar sovğa qildi, — deydi maktab direktori Tölqin Egamnazarov. —Töğrisi, bunday sovğadan juda ham xursand böldik. Albatta, rahbarlarimizning bunday xayrli işlari kelajakda öz mevasini bermasdan qolmaydi.

Şu bilan bir qatorda,“Özbekenergo” AJ raisi taşabbusi bilan maktab öquvçilari uçun “Jizzax hududdiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ mutasaddilari iştirokida “Ma'naviyat soatlari” doirasida “Energotejamkorlik – davr talabi” mavzusida ma'naviyat darsi ötib berildi.