Yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldiga maxsus yo‘l belgilarini majburiy o‘rnatish taklif etilyapti

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar va boshqa turdagi ta'lim muassasalari oldiga tezlikni cheklovchi yo‘l belgilarini majburiy o‘rnatish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, shahar joylarda maktablar oldida svetofor, piyodalar yo‘laklari mavjud, lekin ayrim yo‘l bo‘yida joylashgan maktab, bog‘chalar oldida bunaqa sharoitlar yo‘q.
“Shundan kelib chiqib, oldida yoki yaqin masofada svetofor bo‘lmagan maktablar va bog‘chalar oldiga avtomashinalarning tezligini kamaytiruvchi 50 va 30 yo‘l belgilarini o‘rnatishni taklif etaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilishicha, bolalar bir-birini quvlashi, yo‘ldan yugurib o‘tishi holatlarini ko‘p kuzatiladi. 70 yoki 100 tezlikda kelayotgan haydovchining birdaniga to‘xtash imkoni yo‘q, to‘xtaganda ham orqasida kelayotgan boshqa haydovchi urib yuborgan holatlari ko‘p uchramoqda.
“Respublikadagi barcha maktab va bog‘chalarning avtomobil yo‘llariga yaqinligi o‘rganib chiqilib, xavf darajasi aniqlanib, zarur deb topilgan maktab va bog‘chalar oldiga tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilishi lozim”, - deyiladi petitsiyada.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
Mavzuga oid

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025